Şu yil 4 dekabr kuni bölib ötadigan Özbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga qonun hujjatlari hamda Asosiy tadbirlar dasturiga muvofiq qizğin tayyorgarlik körilmoqda.
 
Xususan, siyosiy partiyalar Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida iştirok etiş uçun Markaziy saylov komissiyasiga tegişli tartibda murojaat qilişmoqda.
 
Şu yilning 20 sentabr kuni Özbekiston Xalq demokratik partiyasi vakillari Markaziy saylov komissiyasiga saylovda iştirok etiş töğrisida partiyalar rahbarlari tomonidan imzolangan arizalari, Adliya vazirligining siyosiy partiyalar röyxatga olinganligi körsatilgan ma'lumotnomalari, Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga bölajak nomzodlar töğrisidagi ma'lumotlarini taqdim etdilar.
 
Şu munosabat bilan Markaziy saylov komissiyasida Komissiya a'zolari, ommaviy axborot vositalari vakillari iştirokida ötkazilgan tadbirda Prezident saylovi demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatining muhim belgisi, xalqning xohiş-irodasi erkin ifodalanişi, jamiyat va davlat işlarini boşqarişda fuqarolar iştirokining asosiy şakli hisoblanişi ta'kidlandi.
 
Şu kunning özida Özbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi vakillari Markaziy saylov komissiyasiga Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida iştirok etiş maqsadida murojaat qilib, tegişli hujjatlarni taqdim etdi.
 
Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyalarning vakolatli vakillariga hujjatlar qabul qilib olingan sana qayd etilgan ma'lumotnomalarni berdi.
 
- Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida beş kunlik muddat içida siyosiy partiyalarning saylovda iştirok etişiga ijozat beriş töğrisida uzil-kesil qaror qabul qiladi, – dedi Markaziy saylov komissiyasi raisining örinbosari K.Adilov. – Amaldagi qonunçilikka muvofiq saylovda iştirok etuvçi partiyalarning röyxati arizalar kelib tuşiş navbatiga qarab markaziy matbuotda e'lon qilinadi.
 
Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini
yoritiş böyiça Respublika matbuot markazi