Suriya armiyasi bölinmalari Halab janubi-ğarbida 20 sentabrga ötar keçasi «Jabhat an-Nusra» guruhi jangarilarining hujumini qaytardi. Bu haqda Suriyadagi duşman tomonlarni yaraştiriş markaziga (Rossiya) tayanib TASS agentligi xabar bergan.
«Jabhat an-Nusra» jangarilari Halab janubi-ğarbida hujumga ötişgan edi. Hujum natijasida jangarilar Şayx-Masud va Al-Şkeyf hududlarida hukumat qöşinlarini siqib qöyib, «Kastello» magistralining 1 km bölagini qölga kiritgandi. Jangarilar şuningdek, Suriya arab respublikasi qurolli kuçlarining hududdagi harbiy oliygohiga va 1070 kvartalda hujum qilgandi.
«Qarşi hujum çoğida Suriya qöşinlari Rossiya harbiy-kosmik kuçlari yordamida «Jabhat an-Nusra» terrorçilari old otryadlarini tor-mor qildi, 4ta tank, 3ta piyodalar jangovar maşinasi, yirik kalibrli pulemyotlari bölgan töqqizta pikap va 100 nafarga yaqin jangarini yöq qildi», — deyiladi xabarda.
Suriya armiyasi 19 sentabr kunining ikkinçi yarmida öt oçişni töxtatiş böyiça tuzilgan sulh muddati tugagani haqida ma'lum qildi. Suriya qurolli kuçlari boş qömondonligining fikriça, terrorçilar tinçlik rejimidan jangarilarni qayta guruhlaş va hujumlarni davom ettiriş maqsadida qurol-yaroğ töplaşda foydalandi.
Sulh tartibi 12 sentabr kunidan joriy etilgandi.
Sulh buzilganidan köp ötmasdan Halab viloyatiga yuborilgan BMT ijtimoiy konvoyi öqqa tutildi. BMT matbuot kotibi Stefan Duyariçning sözlariga qaraganda, konvoy 31ta avtomobildan iborat bölib, uning 18tasi öqqa tutilgan va önlab kişilar halok bölgan.
















