20 sentabrga ötar keçasi, Suriya hukumati öt oçişni töxtatiş haqidagi kelişuv muddati yakunlanganidan keyinroq Halab viloyati hududida BMTning insonparvarlik yuklari ortilgan karvoni hujumga uçradi.

19 sentabr kunining birinçi yarmida BMT matbuot xizmati Halab va Xoms viloyatlaridagi 160 ming aholi uçun gumanitar yordam jönatganligini ma'lum qilgandi. BMTning ijtimoiy yordam karvoni Halab şimoli-ğarbidagi Urum-al Kubro tumanida öqqa tutilgan. BMTning ma'lumotiga köra, 31ta yuk maşinasidan 18tasi öqqa duç kelgan.




Xalqaro Qizil xoç jamiyati hujum natijasida 12 nafar köngilli va bir neça nafar tinç aholi vakili halok bölganini tasdiqladi.



Bu hujum "Jabhat an-Nusra" jangarilari tomonidan amalga oşirilgani aytildi.
21 sentabr kuni BMT Suriyaga insonparvarlik yordamlari yetkaziş töxtatilganini ma'lum qildi.












