Özbekistonlik ayol grossmeysterlar soni ikki nafarga yetdi.

"E'tiborlisi, ularning har ikkisi bir oila a'zolari", deb yoziladi «Olamsport» xabarida.

Şaxmatçi qizning özi ham feysbukdagi sahifasida şu haqda ma'lum qilgan.

Bungaça Nafisa Möminova Özbekistonning birinçi ayol grossmeysteri sifatida qayd etilgandi. Endilikda uning singlisi Gulruhbegim Tohirjonovaga şunday darajaga erişdi.

Möminovlar xonadonidan bölgan bu ikki qiz Ozarbayjon poytaxti Boku mezbonlik qilgan Butunjahon Şaxmat Olimpiadasida Özbekiston şarafini himoya qilib, terma jamoaning 22-örindan joy olişida mehnat qildi. Festival vaqtida Gulruhbegim Tohirjonovaning xalqaro grossmeyster bölgani rasman ma'lum qilingan.

Şu yilning 26 aprelida esa uning grossmeyster talabini bajargani xabar qilingandi.