Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda birinchi gen banki ochilmoqda
Xitoyning Guandun viloyati Shenchjen shahrida birinchi milliy gen banki faoliyatini boshlaydi. Bu haqda, "Xuantsyu tsibao" nashri yozmoqda. Hozircha, ushbu markaz maydoni 47,5 ming kv.m.ni tashkil etadi. Bu yerda, irsiy ma'lumotlar bazasi va biologik namunalar omborxonasi joylashgan.
Biroq, mutaxassislar gen bankini kengaytirib, omborxonalarni kattalashtirishni rejalashtirishmoqda.
"Biz, Xitoy va balki butun dunyodagi eng yirik bioma'lumotlar markazini tashkil etmoqchimiz. U, tirik tabiatga oid ma'lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha Google kompaniyasining o‘xshashi bo‘ladi", - deya bayonot bergan "Xuada" Genomika instituti direktori Syuy Syun.
Hozirda, Shenchjen gen bankida 10 mlnga yaqin biomateriallar namunalari to‘plangan bo‘lib, u 60 petabayt axborotni saqlay oladi. Keyinchalik, uning hajmini 500 petabaytgacha yetkazish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
10:55 / 17.07.2026
Tramp: Xitoy 2020 yilgi AQSh saylovlariga aralashgan
09:25 / 17.07.2026
Quyosh panellari va qo‘ylar Xitoyda cho‘lni qayta tiriltirdi
22:31 / 16.07.2026
Xitoyda o‘ta realistik U1 odamsimon-hamroh roboti taqdim etildi
20:05 / 15.07.2026