2016 yilning birinçi yarmida Rossiyadan Özbekistonga pul ötkazmalari hajmi kamaygan. Rossiya Markaziy banki ma'lumotlarida keltirilişiça, şu yilning yanvar oyidan iyul oyiga qadar Özbekistonga 952 mln dollar jönatilgan. Taqqoslaş uçun ötgan yilda bu körsatkiç - 1,149 mlrd dollarni taşkil etgandi.

Ma'lum bölişiça, Rossiyadan Markaziy Osiyo davlatlariga pul ötkazmalari hajmi 2016 yilning ikkinçi çoragida birinçi çorakdagiga nisbatan 563 mln dollar köproq bölib, 2,438 mlrd dollarga teng böldi.

Joriy yilning ikkinçi çoragida Özbekistonga 696 mln dollar jönatilgan, bunda bir jönatmada örtaça 273 dollar jönatilgan. Tojikistonga 495 mln dollar (örtaça — 99 dollar), Qirğizistonga — 487 mln dollar (örtaça — 233 dollar), Qozoğistonga — 151 mln dollar (örtaça — 225 dollar), Turkmanistonga — 3 mln dollar (örtaça — 392 dollar) jönatilgan.

Yanvar oyidan iyunga qadar esa Özbekistonga 952 mln dollar (ötgan yilning şu davrida — 1,149 mlrd), Tojikistonga — 598 mln dollar (ötgan yilning şu davrida — 696 mln), Qirğizistonga — 637 mln dollar (ötgan yilning şu davrida — 570 mln), Qozoğistonga — 203 mln dollar (ötgan yilning şu davrida — 148 mln), Turkmanistonga — 5 mln dollar (ötgan yilning şu davrida — 8 mln) jönatilgan.

Uşbu ma'lumotlar Anelik, BLIZKO, Coinstar Money Transfer, Contact, InterExpress, Migom, MoneyGram, PrivatMoney, UNIStream, Western Union, «AziyaEkspress», «ALLYuR», «Blits», «Bystraya Poçta», «Zolotaya Korona», «Lider» va «Poçta Rossii» tizimlarini qamrab oladi.