Özbekiston prezidenti vazifasini bajaruvçi, boş vazir Şavkat Mirziyoyev 20 sentabr kuni Angren şahriga taşrifni amalga oşirdi. Bu haqda UzReport xabar bergan.
U taşrif davomida «„Angren“ EIZ hududida konveyer tasmalari, qişloq xöjaligi şinalari işlab çiqarişni taşkil etiş» loyihasi realizatsiyasi bilan tanişgan. Bu yerda yiliga 100 ming metr konveyer tasmalari, 200 ming qişloq xöjaligi şinalari, 3 million avtomobil şinalari işlab çiqariş imkoniyatlari körib çiqilmoqda. 2015–2018 yillarga möljallangan loyiha hayotga tatbiq etilişi orqali 1200 iş örni yaratiş imkoniyati yuzaga keladi. Loyiha doirasida zavodning 105 nafar mutaxassisi Xitoydagi şunday yönalişdagi zavodlarda stajirovka ötab qaytişi borasida kelişuvga erişilgan.
Şu kuni Şavkat Mirziyoyev Angren IESning yangi energoblokini közdan keçirdi. Energoblokdagi quriliş-montaj işlari avgust oyida yakunlangan va işga tuşirilgan edi. Kömirni yoqişda zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş orqali iş hajmi yiliga 45 foizdan ortadi.
Sentyabr oyidan loyihaviy quvvat bilan işlay boşlagan energoblok yiliga 840 million kVt/soat elektr energiyasi va 423 ming gigakaloriya issiqlik energiyasi işlab çiqarilişini ta'minlaydi. Yangi energoblokning foydalanişga topşirilişi orqali elektr energiyasi ta'minoti uçun yoqilği sarflanişidagi tejamkorlik yiliga 61 g kVt/s, gaz çiqindilari kamayişi esa yiliga 10,3 ming tonnani taşkil qiladi.
Şavkat Mirziyoyev «Angren» kömir konidagi yuzani oçiş, kömir qazib oliş va yetkaziş işlari hamda «Özbekkömir» AJni qayta jihozlaş jarayoni bilan ham tanişib çiqqan. 2016 yilning 15 sentabri holatiga köra, yuzani oçiş işlari hajmi 15,4 million metr kubni, kömir qazib oliş hajmi 2,6 million tonnani taşkil etmoqda. Joriy yil oxiriga qadar 23 million metr kub yuza oçilişi, kömir qazib oliş hajmini esa 3,7 million tonnaga yetkaziş rejalaştirilgan.
Safar çoğida Şavkat Mirziyoyev 24-sonli maktabgaça ta'lim muassasasi hamda Angrendagi dehqon bozorida bölib, şaroitlar bilan tanişgan.
Angren şahri faollari yiğilişida şahar infrastrukturasiga oid masalalar tahlil qilingan. Şahar hokimiga va tegişli vazirlik hamda idoralar rahbarlariga mavjud kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça körsatmalar berilgan. Şuningdek, bir qator taşkiliy masalalar körib çiqilgan.
Eslatib ötamiz, Özbekiston Prezidenti v. b. Şavkat Mirziyoyev 16 sentabr kuni Jizzax viloyatida bölib, taşkiliy masalalarni körib çiqqan edi.
18 sentabr kuni esa u Toşkentning bir qator tumanlariga taşrif buyurib, amalga oşirilayotgan bunyodkorlik va obodonlaştiriş işlari, aholi mavzelari, köp qavatli uy-joylar va ijtimoiy soha obektlarini kuzgi-qişki mavsumga tayyorlaş işlarining holati bilan bevosita tanişgandi.

















