Xitoyning Keen Security Lab xavfsizlik ekspertlari Tesla S'ning ba'zi funksiyalariga masofadan kiriş imkoniga ega bölganidan keyin kompaniya "xatolar ustida işladi".

Kompaniyada xavfsizlik tizimidagi kamçiliklar bartaraf qilinganini ma'lum qilindi. Bu haqida Reuters agentligi xabar berdi. Mijozlar yangilangan xavfsizlik tizimini "havo orqali" qabul qilişadi, bu ularni servis markazlariga borişdan xalos etadi. 

Ötgan haftada kompaniya rahbari Ilon Mask özining rasmiy tvitterida mijozlar 21 sentabrga qadar Tesla avtopiloti uçun dasturiy ta'minotning eng yangi versiyasini olişi kerakligini ta'kidladi. Bu haqida ma'lum qilgan Ilon Mask ehtiyotkorlik bilan qöşimça qildi: "Agar sönggi daqiqalarda qandaydir muammolar yuzaga kelmasa, bu albatta amalga oşadi".