Özbekistondagi noşirlik va axborot texnologiyalari sohasi yangi poğonaga qadam bosdi. Özbekistonlik dasturçilarning yangi loyihasi 360 gradus formatidagi panorama rasm va videolari yordamida butun respublika böyiça virtual sayohat qiliş imkonini beradi.
Özbekiston mustaqilligi kuniga bağişlab “Uzbekneftegaz360” mobil ilovasi taqdim etildi. Apple va Google’ning ilovalari qatorida bu dasturning çiqişi “Özbekneftegaz” Milliy xolding kompaniyasining “Farovonlik energiyasi: Özbekiston neft-gaz sohasining yangi tarixi” nomli loyihasi davomida amalga oşirildi. Loyiha doirasida Özbekistonning neft-gaz sohasidagi yutuqlari haqidagi kollektsion naşr hamda innovatsion mobil ilova işlab çiqarildi.

Ilova yordamida respublika böyiça 100dan ortiq panoramali video va rasmlarni tomoşa qiliş mumkin. Neft qaziş va işlab çiqariş obektlari bilan birga, foydalanuvçilar mustaqillikning 25 yillik davri davomida qurilgan ijtimoiy, madaniy-ma'rifiy va sport inşootlarini köriş imkoniyatiga ega. Loyihaning taqdim etilişi mustaqillikning 25 yillik töyiga bağişlangani bejizga emas. Mualliflar ilovaga zamonaviy Özbekistonning mutlaq noodatiy va noyob körinişlarini jamlagan.

Ilovadagi rasmlar ilk bor odatiy fotoapparatlar yordamida emas, balki 360 gradusli formatda tasvirga tuşiriş uçun möljallangan eng zamonaviy foto va videokameralar bilan olindi. Bu esa öz navbatida rasmlarning panorama uslubining tuşunçasini yangilab, “mavjudlilik effekti”ni kuçaytirişga xizmat qildi. Tasvirlarni smartfon va planşetlarda odatiy holda yoki “virtual voqelik” (VR) usulida maxsus közoynaklar yordamida köriş mumkin. Şuningdek, loyiha doirasida xolding belgilari tamğalangan maxsus kardbordlar işlab çiqarilgan. Kross-platformali mobil ilova AppStore va PlayMarket’dan, yoki Özbekneftegazning rasmiy veb-saytidagi (www.ung.uz) maxsus QR-kod orqali yuklab oliş mumkin.

Uşbu mobil ilova nafaqat Özbekiston, balki mintaqa böyiça innovatsion, dunyo böyiça esa respublika taqdimoti formatidagi birinçi virtual voqelik ilovasi böldi. Hozirgi paytgaça VR-ilovalar faqatgina reklama va tijorat maqsadlarida, masalan, BMW, Mercedes-Benz va şu kabi boşqa köpmillatli kompaniyalarning buyurtmalariga asoslanib işlab çiqarilgan.
Virtual voqelik (virtual reality, VR) yoki sun'iy voqelik – insonga uning tuyğulari: köriş, eşitiş, hidlaş, tegiş orqali seziladigan, texnik vositalar yordamida yaratilgan dunyo (narsa va şaxslar). Virtual voqelik ta'sir körsatiş va unga javob berişni taqlid qilib bera oladi.

















