Buxoro viloyatining sobiq hokimi Samoydin Huseynov ismi şarifi yana mahalliy matbuotda paydo böla boşladi. Özbekiston faxriylarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş «Nuroniy» jamğarmasining Buxoro viloyati kengaşiga Samoydin Huseynov rais etib saylangan. Bu haqda nuz.uz xabar berdi.
Viloyatning sobiq hokimi töğrisida mahalliy matbuot 5 yildan buyon heç narsa yozmagandi. U 2011 yilda Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov qarori bilan lavozimidan ozod qilingandi.
Huseynovni «Nuroniy» jamğarmasining Buxoro viloyati kengaşiga rais etib saylaş qarori yakşanba kuni ötkazilgan kengaytirilgan yiğiliş vaqtida qabul qilingan. U bu lavozimda köp yillardan buyon işlab kelgan Yusuf Qurbonov örnida iş boşlaydi.
Mahalliy naşrlarning yozişiça, hademay sakson yoşni qarşilaydigan Qurbonov "boşqa işga ötişi munosabati bilan" öz lavozimidan ozod etilgan.
Qayd etilişiça, yiğilişda viloyatning hozirgi hokimi Muhiddin Esanov ham iştirok etgan. U birinçi navbatdagi vazifalar haqida gapira turib, Özbekiston prezidenti vazifasini vaqtinça bajaruvçi Şavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Senatining 8 sentabr kuni bölib ötgan qöşma majlisidagi vaqtida aytib ötgan fikrlarini keltirgan.
Eslatib ötiş joizki, Samoydin Huseynov 1996 yildan 2011 yilgaça 15 yil davomida Buxoro viloyatiga rahbarlik qilgan. U Islom Karimov tomonidan korrupsiya va uruğ-aymoqçilikka boğliq mojarolar fonida lavozimidan olingan, uning örnida Muhiddin Turdiyeviç Esanov iş boşlagandi.

















