Buyuk Britaniya taşqi razvedka xizmati MI6 dunyo terrorçiligiga qarşi kuraş uçun mingga yaqin tahlilçini işga olmoqçi, deb yozmoqda Times naşri.

MI6’ni kengaytiriş hukumatning britan maxsus xizmatlari xodimlari sonini 15 foizga yoki 1900 kişiga köpaytiriş böyiça 2015 yildagi rejasiga köra yuz beradi. Bu xizmatlar orasiga MI5, MI6 va taşqi işlar vazirligi huzuridagi hukumat aloqasi boşqarmasi kiradi. 

Naşrning ta'kidlaşiça, MI6’ning xodimlari soni 2020 yil boşiga 2,5 ming kişidan 3,5 ming kişigaça ortadi.

Bunday çora MI6 tomonidan vositaçilar va xavflarni aniqlaş uçun katta hajmdagi raqamli ma'lumotlarni qayta işlaş uçun zarur. Kutilişiça, tahlilçilar internet, mobil telefon va noutbuklar foydalanuvçilari qoldiradigan "raqamli izlarni" aniqlaş bilan şuğullanişadi. 

MI6 rahbari Aleks Yanger "raqamli dunyo xavf soladi, çunki raqiblar bu imkoniyatlardan foydalanib, bizning harakatlarning aniq tasdiğini olişi mumkin, bu esa işlaş usulimizni butkul özgartirişimiz kerakligini anglatadi", deb aytdi.