iPhone 7 Plus Apple’ning optik zum va ikki kamerali  birinçi smartfoniga aylandi. Bundan taşqari, «oddiy» iPhone 7 «plyus» kabi 3,5 mm audioteşikdan ozod böldi — quloqçinlarni endilikda Lightning porti orqali ulaş mumkin. Biroq mazkur innovatsiyalar «eski yangilik»ga aylangan edi. Sababi, bu barça xususiyatlar boşqa brendlarning Android-smartfonlarida bor. 

E'tiboringizga Apple’dan avval yuqoridagi ajoyib va yangi xususiyatlarni öz qurilmasida qöllagan smartfonlar röyxatini keltiramiz. 

Ikkita kamera
iPhone 7 Plus 12 Mpli ikkita fotomodulga ega böldi, biroq ularning oynasi turliça. Obektivlardan biri keng burçakli (28 mm), boşqasi – uzoqqa otadigan (55 mm). 

LG G5

LG kompaniya ham G5 smartfoniga ikkita kamera örnatdi. Bunda modullardan biri 16 Mp, ikkinçisi  – 8 Mp. Köriş burçagi – 78 va 135 daraja. Şunday qilib  LG G5 «oddiy» foto va keng burçakli suratga oliş imkoniga ega. 

LG G5
•  Protsessor: Qualcomm Snapdragon 820
•  Ekran diagonali: 5.3 "
•  Foto imkoniyati: 16 Mpiks
•  Operativ xotira: 4 GB

LG G5 SE

G5 flagmanining kiçik talqini ham 16 Mp va 8 Mp fotomodulili ikki kameraga hamda imkoniyatlarga ega.

LG G5 SE
•  Protsessor: Qualcomm Snapdragon 652
•  Ekran diagonali: 5.3 "
•  Foto imkoniyati: 16 Mpiks
•  Operativ xotira: 3 GB
.
LG X cam