AQŞ IŞID terrorçi guruhining Iroqdagi Amerika kuçlariga iprit gazini qöllab hujum qilişiga oid xabarlar yuzasidan tekşiruv ötkazadi, deyiladi Pentagon bayonotida.
Hujum 20 sentabr kuni amalga oşirilgan bölib, Iroq şimolidagi mamlakat HHK bazasi IŞID jangarilari nişoniga aylangan. Uşbu aviabazada bir neça yuz amerikalik harbiylar joylaştirilgan. Jangarilar bazaga raketa yoki snaryad uçirgan, biroq u binoga bir neça yuz metr yetmay portlagan.
"Aslaha bölaklarini dastlabki tekşiriş natijalari, unda zaharli iprit gazi bölganini tasdiqlagan", - deya söz yuritilgan Pentagon ma'muriyati.
Amerika tomoni ta'kidlaşiça, mazkur hujum oqibatida jabrlanganlar yöq. Bundan taşqari, harbiy xizmatçilar kimyoviy xuruj bölgan taqdirda foydalanişlari uçun maxsus jihozlarga ega.












