Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumaniga yangi hokim tayinlandi. Şahar hokimligi saytida berilgan axborotga köra, tuman hokimi lavozimini Şerzod Kudbiyev egallagan.

Şerzod Kudbiyev Davlyatoviç 1981 yili Farğona viloyatida tuğilgan. U 1995-2002 yillarda Farğona politexnika institutida tahsil olgan. U şu oliygohda 2002 yildan 2007 yilgaça assistent, katta öqituvçi sifatida işlagan.

2007-2010 yillarda Özbekiston Mehnat vazirligi tuzilmalarida mutaxassis, boşqarma boşliği örinbosari, 2010-2012 yillarda Özbekiston Vazirlar Mahkamasi tuzilmalarida mutaxassis sifatida mehnat qilgan.

2012-2015 yillarda Şerzod Kudbiyev Respublika aholi bandligi, mehnatni muhofaza qiliş va aholini ijtimoiy muhofaza qiliş ilmiy markaziga direktorlik qilgan. Mirzo Uluğbek tumani hokimi etib tayinlanguniga qadar, Kudbiyev Vazirlar Mahkamasida departament mudiri örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.

Eslatib ötamiz, 18 sentabr kuni Özbekiston prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev iştirokidagi yiğilişda Mirzo Uluğbek tumani hokimi Şomansur Ahmedov lavozimidan ozod etilgan edi.