Ommaviy axborot vositalarida yulduzli juftlik - Bred Pitt va Anjyelina Jolining ajraşişiga sabab qilib körsatilayotgan fransuz aktrisasi Marion Kotiyyar özining instagramida bunga izoh berdi va ortiqça gap-sözlarga nuqta qöydi. Kotiyyar va Pitt "Ittifoqdoşlar" filmida birga suratga tuşganlaridan keyin OAV ularni işqiy munosabatlar boğlab turganligi haqida xabar tarqata boşladi.
Fransiyalik maşhur aktrisa uşbu vaziyat yuzasidan özining Instagram tarmoğidagi sahifasida quyidagiça xabar qoldirdi:
"Bu sönggi 24 soat içida davom etib kelayotgan yangiliklar oqimiga mening birinçi va yagona munosabatim bölib qoladi. Men odatda bunday xabarlarga izoh bildirmayman va ularni jiddiy qabul qilmayman. Biroq vaziyat murakkablaşib borayotganligi hamda mening sevimli insonlarimga taalluqli bölgani uçun men bunga munosabat bildirişimga töğri keladi. Birinçidan, men köp yillar avval orzuimdagi erkak - öğlimiz va tuğilajak farzandimizning otasini uçratganman. U - mening muhabbatim, mening eng yaqin döstim va menga kerakli yagona inson. Ikkinçidan, soğliğim haqida qayğurayotganlar uçun özimni yaxşi his qilayotganimni aytib, minnatdorçilik bildirmoqçiman. Bu uydirmalar meni taşvişga solmaydi. Şoşilinç xulosaga keluvçi OAV va "yovlar"ga esa çin dildan tez orada şifo topişlarini tilayman va nihoyat, men benihoya hurmat qiladigan Anjyelina va Bredga bunday notinç paytda yaraşib ketişlarini tilayman. Sizlarni sevib qoluvçi Marion".
Eslatib ötamiz, Marion Kotiyyar 2007 yilda aktyor Giyom Kanega turmuşga çiqqan. Juftlikning Marsel ismli öğli bor, bundan taşqari ular tez orada ikkinçi marotaba ota-onalik baxtiga muyassar bölişini aktrisa rasman tasdiqladi.

















