Şogirdining Rio-de-Janeyroda bölib ötgan Olimpiada öyinlari kuraş bahslarida mağlub bölganiga norozilik sifatida gilam ustida kiyimlarini yeçiş bilan tomoşa körsatgan möğul murabbiylari 2019 yil avgust oyigaça xalqaro musobaqalardan çetlatildi, deb xabar qilmoqda Yeurosport.

Hodisa, möğul kuraşçisi Mandaxnaran Ganzorigiynning özbekistonlik Ixtiyor Navrözov bilan bölib ötgan bahsi yakunida sodir böldi. Kuraşning asosiy vaqti 7:6 hisobida Möğuliston vakili foydasiga tamom bölgan va ular ğalabani nişonlayotgan edi. Biroq, özbek tomoni Navrözovning intilişiga qarşi möğul kuraşçisi qasddan qoçganiga norozilik bildirgaç, boş hakam hisobni özgartirib, durang qayd etdi hamda musobaqa reglamentiga köra, sönggi ball olgan kuraşçi Ixtiyor Navrözov ğolib deb topildi. 

Şundan söng, möğul murabbiylari norozilik sifatida sport liboslari va maykalarini hakamlar hay'ati oldiga yeçib taşlaşdi.