AQŞ maxsus xizmatlarining sobiq agenti Edvard Snouden tvitterda obunaçilarni Google kompaniyasining yangi Allo messenjeridan foydalanmaslikka çaqirdi.

"Allo nima özi? Siz tomondan yuborilgan har qanday xabarni yozib olib, uni sörov böyiça politsiyaga taqdim qiluvçi dasturdir", deb aytdi Snouden.

Snouden foydalanuvçilarga Signal messenjeridan foydalanişni tavsiya qildi.

Bundan taşqari, Snouden WhatsApp’ni Telegram’dan xavfsizroq deb hisoblaşini aytdi.