IHS Markit kompaniyasi tahlilçilari 32 gigabaytli xotiraga ega yangi iPhone 7 smartfonining qismlari narxini hisoblab çiqişdi. Bu haqida kompaniya saytida ma'lum qilindi. 

Tadqiqot davomida ekspertlar yangi flagman töplamining narxi 223,8 dollarni taşkil qilişini hisoblaşdi. Biroq bu körsatkiç qurilmani işlab çiqariş va yiğiş xarajatlari emas, qismlar tannarxinigina inobatga oladi. AQŞda yangi smartfonning çakana narxi - 649 dollardan iborat. 

iPhone 7 qurilmasining eng qimmat qismi 43 dollarga baholangan displeyi bölib çiqdi. Intel protsessori esa 34 dollarni taşkil qiladi. Smartfonning eng arzon qismlaridan biri akkumulyator bölib, uning qiymati - 2,5 dollarga baholangan. 

Ekspertlar yangi flagmanni işlab çiqariş iPhone 6S'ga nisbatan 36,89 dollarga qimmatga tuşişini aniqlaşdi. 

Apple kompaniyasining sönggi iPhone 7 qurilmasi taqdimoti sentabr oyi boşida San-Frantsiskoda bölib ötdi. Yangi qurilmaning öziga xosligi - unda quloqçinlar ulanadigan 3,5 millimetrli tuynukning yöqligida.