Turkmanistonda tamaki mahsulotlari tanqisligi kuzatilayapti. Yaqin vaqtlardan boşlab, Turkmanistonning davlat dökonlarida tamaki mahsulotlari sotilmayapti. Şu sababli, tamaki mahsulotlarining tijorat dökonlaridagi narxi keskin qimmatlaşgan. Ayrim joylarda, bir kişiga bir quti sigareta sotilayotgani xabar qilinmoqda. Boşqa bir hududda faqatgina donalab xarid qiliş mumkin. Ba'zan tamaki mahsuloti uçun tortişuvlar janjalga aylanib, politsiya aralaşuviga olib kelayapti, deb yozmoqda mahalliy OAV.
Xabarlarga köra, birmunça vaqt avval, nodavlat taşkilotlari va xususiy şaxslarga tamaki mahsulotlari olib kiriş taqiqlangan edi. Biroq, savdo vazirligi bölinmalari bu jarayonga tayyor bölmagani bois, mahsulotni yetkazib berişda doimiy uzilişlar vujudga kelmoqda.
Şu sababli, mamlakatda tamaki mahsulotlarini noqonuniy pullovçi qora bozor avj olmoqda. Xususan, ANT manbalariga köra, bugungi kunda bir quti sigareta rusumiga qarab 50, 60 va hatto 65 manat (14-17 yoki 18,5 dollar)dan sotilmoqda. Aslida bu mahsulotlarni ham davlat dökonlar sotuvçilari yaşirinça pullaşayotgani aytilmoqda.

















