AQŞ harbiylari, Iroqning Mosul şahrini egallaşga qaratilgan amaliyotdan avval, qöşimça ravişda 500 askarni safarbar etiş uçun Amerika hukumatiga murojaat qilmoqda, deb yozgan The Wall Street Journal naşri Amerika mulozimlariga tayangan holda.
Aniqlik kiritilişiça, Iroqda rasman 4,4 ming amerikalik harbiy xizmatçi mavjud.
Agar, Oq uy ma'muriyati taklifni ma'qullasa, qöşimça harbiylar guruhi Iroq askarlari va xalqaro koalitsiya kuçlari bilan birga Mosulni egallaşga qaratilgan amaliyotga tayyorgarlik köra boşlaydi.
Amerikalik mulozimlarga köra, IŞID nazorati ostida qolayotgan Mosulni qaytarib olişga qaratilgan amaliyot oktabr oyi örtalariga belgilangan. Naşrning yozişiça, prezident Barak Obama hozirça mazkur rejadan xabardor qilinmagan.












