Boşqirdistonning sobiq rahbari, "Ural" xayriya jamğarmasi raisi Murtazo Rahimov respublika rahbari Rustem Xamitovning "Ar-Rahim" masjidi qurilişini yakunlaşda yordam beriş taklifiga javob berdi.

Ufada qad rostlayotgan masjid Yevropadagi eng katta masjid sifatida e'tirof etilmoqda. 

"Bu maqsadlar uçun hammasi bölib 1,45 mlrd rubldan köproq pul ajratilgan. Bugungi kunda jamğarma tomonidan qurilişni moliyalaştiriş töxtatilgan. Buning sababi – quriliş buyurtmaçisi – Boşqirdiston Respublikasi musulmonlar diniy boşqarmasi tomonidan ajratilgan xayriya mablağlarining maqsadga muvofiq işlatilmasligi, uning qimmat narxdagi import materiallardan voz keçişni istamasligidir", deb aytildi "Ural" saytida.  

Qurilişni moliyalaştirişdan boş tortiş haqidagi rasmiy bayonot "Ural"ning saytida 18 avgustda joylaştirilgan. Biroq 5 sentabrda Xamitov masjidni qurib bitkazişda yordam beriş taklifi bilan çiqdi.  

"Bu ulkan va qimmatbaho quriliş ekanini anglaş kerak. 25 ming kvadrat metr maydonda inşoot quriş bugungi kunda kamida 2-2,5 mlrd rublni taşkil qiladi. Hozirda obekt taxminan yarmiga qurib bitkazilgan. Biroq bu imoratning özi. Bundan taşqari, yöl, köprik quriş, jamoat transportini yölga qöyiş kerak. Gap yana bir neça milliard rubl haqida ketmoqda", deb aytgan Xamitov.  

Xamitovning aytişiça, "hukumatga hozirça qurilişni öz zimmasiga oliş va uni oxirigaça yetkaziş iltimosi bilan heç kim murojaat qilmagan".

Bugun Rahimov jamğarmasi bu taklifni qabul qilgani ma'lum böldi. 

"Barpo etilayotgan obekt respublika uçun ham, butun musulmon dunyosi uçun ham juda muhim. Biz yaqinda bergan intervyumizda masjid qurib bitkazilişi va respublika, mamlakat va butun dunyo dindorlari ixtiyorida bölişi uçun maksimal darajada kuçimizni berişimizni aytgandik. Biz öz tomonimizdan sizning istagingizni qöllab-quvvatlaymiz va respublika hukumati Jome' masjidni barpo qilişni e'tiborsiz qoldirmaydi, deb umid qilamiz", deb aytilgan "Ural" saytida çop etilgan, respublikaning amaldagi prezidentiga birinçi prezidenti yöllagan murojaatda.