Disney kinostudiyasi boş direktori Robert Ayger kompaniya 2020 yilgaça "Yulduzlar janglari" filmining yangi qismini çiqarmoqçi ekanligini tasdiqladi, deb xabar bermoqda The Guardian naşri.

Ayger Goldman Sachs Communacopia anjumanidagi nutqida kompaniya film ustida işlaş uçun ssenariynavisni yollaganini ma'lum qilgan. Ta'kidlanişiça, film "Yakka quvğindi: Yulduzlar janglari. Voqealar" deb nomlangan hamda 2016 yil dekabriga çiqişi rejalaştirilgan filmdan boşlanadigan seriyaning uçinçi qismi böladi. 

Ayger seriya "Yulduzlar janglari" muvaffaqiyatini qaytara olişiga umid qilmayapti, biroq filmga qiziqiş " Yulduzlar janglari: Kuçning uyğonişi" kabi yuqoriligini ta'kidlab ötdi.