Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan AQŞni Suriya şimolidagi kurdlarga qurol-aslaha yetkazib berişda aybladi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

«Uç kun avval, Amerika uşbu terrorçi guruhlari uçun Kobaniga ikki marta qurol yetkazib bergan», —degan Erdöğan, 21 sentabr kuni AQŞ vitse-prezidenti Jo Bayden bilan uçraşuvida uşbu masalani örtaga taşlaganini qöşimça qilar ekan. Bayden öz navbatida, bu holatdan xabari yöqligini ma'lum qilgan. 

Eslatib ötamiz, kurdlar va Turkiya hukumat kuçlari örtasidagi vaziyat 2015 yil iyulida taranglaşgan edi. Umuman, mamlakat qurolli kuçlari bayonotiga köra, oxirgi vaqtlarda 700ga yaqin isyonçi öldirilgan.