Kolumbiyada davom etayotgan futzal böyiça Jahon Çempionatida çorak finalning barça iştirokçilari nomlari ma'lum böldi.

Nimçorak final bosqiçi doirasida 22 sentabr kuni ötkazilgan Ozarboyjon va Tailand terma jamoalari örtasidagi uçraşuv öta şiddatli va gollarga boy böldi. 

Öyinning asosiy vaqtida 7:7 hisobi bilan yakunlandi. 10 daqiqadan iborat qöşimça bölimlar gollarga boyligi böyiça asosiy vaqtdan qolişmadi. Yakunda ozarboyjonliklar 13:8 hisobida ğalaba qozonişdi. 

Ozarboyjon terma jamoasi çorak finalda Portugaliya bilan bahs olib boradi.

Argentina va Ukraina terma jamoalari örtasidagi uçraşuv taqdiri ham qöşimça bölimlarda hal böldi.

Dastlab 40 davom etgan öyinning asosiy vaqtida hisob oçilmadi. Qöşimça bölimlar tugaşiga bir yarim daqiqa qolganida Ukraina darvozasi tomon dabl-penalti beliglandi va undan argentinaliklar samarali foydalanişdi. Yagona gol Argentinaga ğalaba keltirdi.

Argentinaliklar çorak finalda Italiya-Misr uçraşuvi ğolibiga qarşi bahs olib borişadi.

Yana bir bellaşuvda esa Misr Italiyani yengib, musobaqadan çiqarib yubordi. Bu bellaşuvda ham qöşimça bölimlar belgilandi.

Öyin davomida tomonlar hisobda quvlaşmaçoq öynaşdi. Har safar misrliklar hisobda oldinga çiqib olaverişdi, Apennin yarimoroli vakillari esa muvozanatni tiklaşga muvaffaq böldi. 

Qöşimça bölimda ustunlik Italiya tomonida böldi, ular bir vaziyatda qulay imkoniyatdan foydalana olişmadi — zarba ustunga tegib qaytdi. Ekstra-taymlar tugaşiga 2 daqiqa qolganida italiyalik himoyaçining xatosidan misrlik futzalçi unumli foydalandi va jamoasiga ğalaba keltirgan gol muallifiga aylandi. 

Misr terma jamoasi çorak finalda Argentinaga qarşi bahs olib boradi.

Futzal. Eron Braziliyani turnirdan çiqarib yubordi va boşqa natijalar