2015 yilning dekabrida GoPro özining Karma dronini namoyiş etdi, biroq apparat haqida heç qanday ma'lumotlar bermadi. Barça bu ixtiro haqida CES 2016 körgazmasida e'lon qilinişini kutgan edi, biroq bu röy bermadi. Kompaniya moliyaviy qiyinçilik tufayli uçuvçisiz dron işlab çiqarişni ortga surdi.
GoPro Karma keng omma e'tiboriga endigina taqdim etişdi, uning ilk namoyişi yangi Hero5 ekşn-kamerasining taqdimotiga töğri keldi.
Karma'ning bir neça xususiyatlari bor. Birinçidan, u sumkaga taxlangan holda oson siğadi. Ikkinçidan, uning 3 öqli stabilizatorini uziş va qölda (töplamda maxsus ruçka mavjud) işlatiş mumkin. Dronning öz kamerasi yöq — tirgakida GoPro ekşn-kamerasi biriktirib qöyiladi. Kompaniyadagilarning qayd etişiça, Hero4 ikki versiyasi bilan, şuningdek, yangi Hero5 Black va Hero5 Session bilan mos keladi.

DU pultida öz ekrani bor bölib, mobil dastur esa ikkinçi kişiga agar zarur bölsa kamerani boşqariş imkonini beradi. Dron 56 km/soat tezlikda harakatlanadi, akkumulyator 20 daqiqa parvozga yetadi, maksimal balandlik 4500 metrni taşkil qiladi. Pult uçun masofa 1 km bilan çegaralangan. GoPro Karma hozirça öz egasini kuzata olmaydi. Işlab çiqaruvçilar hozirda oddiy boşqaruvga e'tibor qaratişmoqda.
Dron narxi 800 dollardan boşlanadi, Hero5 Black yoki Hero5 Session kameraliGoPro Karma töplamini esa 1100 yoki 1000 dollarga sotib oliş mumkin. Tabiiyki, barçasi birgalikda — alohida sotib olganga nisbatan 100 dollar arzonroq böladi.
Bunday dronlar sotuvga bir oydan söng çiqadi.




















