19 sentabr kuni yuragida muammo borligi aniqlangan va 1 hafta muddatga ta'tilga çiqib, Turkiyada qolgan Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayev davolaniş kurslarini Moskvada ötaydi.
"23 sentabr kuni Atambayev Moskvaga olib borildi va Markaziy klinik şifoxonaga davolanişni davom ettiriş uçun joylaştirildi. Mutaxassislar tavsiyasi va Rossiya tomoni taklifiga köra u muolajani Moskvada davom ettiradi", deyilgan "Interfaks" Qirğiziston prezidenti matbuot xizmatiga asoslanib bergan xabarda.

Qirğiziston prezidentining soğligidagi muammo 19 sentabr kuni u BMT Boş Assambleyasining 71-sessiyasida iştirok etiş uçun Nyu-Yorkka yöl olganida, Turkiyaning Istanbul şahrida Otaturk xalqaro aeroportida töxtaganida aniqlandi. U 19 sentabr kunidan buyon turkiyalik şifokorlar nazoratida edi. Ta'tilga çiqqan prezident sentabr oxiriga qadar vataniga qaytmasligi mumkinligi ma'lum qilingandi.















