Sankt-Peterburgda Belarus fuqarosi plastik oynalar işlab çiqaruvçi kompaniyaga işga kirib, 3 soatdan keyin ofisdagi noutbuklarni oldi-da, közdan ğoyib böldi. Bu haqda Life naşri huquq-tartibot organlaridagi manbasiga asoslangan holda xabar berdi.

29 yoşli belaruslik 20 sentabr kuni işga kirgandi. U keyingi kuni işga kelgan va 3 soatdan keyin öğirlikni amalga oşirgan. Uning ofisdagi barça noutbuklar yiğiştirib solingan katta sumkani olib ketayotgani kuzatuv videokameralariga muhrlangan.

Kompaniya xodimlari politsiyaga murojaat etişgan. Naşrning yozişiça, voqea joyida gumondorning barmoq izlari olingan.