Özbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev 22 sentabr kuni Qozoğiston Respublikasi Boş vazirining birinçi örinbosari Asqar Maminni qabul qildi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.
Uçraşuvda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning joriy yil 12 sentabr kuni Samarqand şahriga taşrifi çoğida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş, özaro manfaatli savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Özaro tovar ayirboşlaş hajmini, birinçi navbatda, mamlakatlarimizda yangi bozorlar taşkil etiş hisobidan oşiriş masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Ikki mamlakat ekspertlari tomonidan tayyorlangan, raqobatbardoş sanoat mahsulotlari sotadigan qöşma savdo uylarini taşkil etiş, savdo loyihalarini milliy bank-moliya institutlari orqali qöllab-quvvatlaş, bojxona xizmatlari hamkorligini faollaştiriş, biznes forumlar ötkaziş va özaro taşriflarni amalga oşirişga qaratilgan qator taklif va aniq çora-tadbirlar körib çiqildi va ma'qullandi.
Transport va tranzit taşiş sohasidagi özaro manfaatli hamkorlikni izçil davom ettiriş, jumladan, eksport yuklarini taşişda ikki tomonlama tarif preferensiyalari beriş va yangi qöşma loyihalarni amalga oşiriş zarurligi ta'kidlandi. Bu mintaqaviy transport yölaklarining raqobatbardoşligini oşiriş va ularning yuqori samaradorligini ta'minlaş imkonini beradi.
Asqar Mamin samimiy qabul uçun minnatdorlik izhor etib, Qozoğiston Respublikasi mamlakatlarimiz örtasidagi keng kölamli va özaro manfaatli savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirişga qaratilgan hamkorlikdagi çora-tadbirlarni amalga oşirişga tayyor ekanini bildirdi.

















