Özbekiston respublikasi Taşqi işlar vazirligida Xitoy xalq respublikasining Toşkentdagi favqulodda va muxtor elçisi Sun Litsze bilan uçraşuv bölib ötdi.
Elçi Xitoy xalq respublikasi raisi Si Jinpingning Özbekiston rahbariyatiga yöllagan qutlov maktubini topşirdi. Maktub matni Özbekiston TIV saytida keltirilgan.
Maktubda şunday deyiladi:
Özbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Janobi Oliylari!
Xitoy hukumati va xalqi, şaxsan öz nomimdan sizga Özbekiston respublikasi prezidenti vazifasini bajariş yuklatilganligi munosabati bilan sizni samimiy tabriklaşga ruxsat etgaysiz.
Xitoy – Özbekiston munosabatlarini bundan buyon ham izçil rivojlantiriş borasidagi qat'iy sa'y-harakatlar va ezgu maqsadlar bayon qilingan maktubingiz uçun sizga minnatdorlik bildiraman. Men Xitoy va Özbekistonni doimo yaqin qöşni, yaxşi döst va har tomonlama işonçli strategik şeriklar, deb bilaman. Sönggi yillarda birgalikdagi sa'y-harakatlar tufayli özaro hamkorligimizning barça sohalari jadal rivojlanmoqda va natijada qator ulkan yutuqlarga erişildi.
Ayni paytda xalqaro va mintaqaviy vaziyat murakkab va özgaruvçan bölib, Xitoy va Özbekiston oldida umumiy manfaatlarimizni ta'minlaş yölida tahdidlar kuçayib bormoqda. Xitoy Özbekiston xalqi tanlagan yölni hurmat qiladi, mamlakatingizning öziga xos taraqqiyot yölini qat'iy ma'qullaydi. Özbekistonning xalqaro va mintaqaviy masalalarda yanada mustahkam örin egallaşiga intilişini qöllab-quvvatlaydi.
Şu yilning iyun oyida Buxoro şahriga taşrifim davomida menga hamrohlik qilganingizni yaxşi eslayman. Xitoy – Özbekiston munosabatlarini rivojlantirişga katta e'tibor qarataman va siz bilan yaqin aloqalarni saqlagan holda, davlat suverenitetini himoya qiliş, xavfsizligi va taraqqiyotini ta'minlaş, «Bir qutb, bir yöl»ni birgalikda barpo etiş asosida serqirra amaliy hamkorlikni mustahkamlaş, şuningdek, Xitoy – Özbekiston munosabatlarini mamlakatlarimiz hamda xalqlarimiz farovonligi yölida har tomonlama strategik şeriklik darajasiga kötariş maqsadida Şanxay hamkorlik taşkiloti, Osiyoda hamkorlik va işonç çoralari böyiça kengaş va boşqa xalqaro taşkilotlar doirasida özaro muvofiqlik va hamkorlikni kuçaytiriş masalasida bir-birimizni qöllab-quvvatlaşga doimo tayyorman.
Sizning davlatçilik faoliyatingizga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!












