Smart kompaniyasi barça modellarining elektrli namunalarini namoyiş etdi. Ularning ilk rasmiy taqdimoti sentabr oyi oxirida Parij avtosalonida bölib ötadi. Xususan, sönggi avlod Smart ForTwo elektromobili bir marta quvvat olişi bilan 160 kilometrni ortda qoldira oladi, ForFour va ForTwo cabrio modellari esa biroz kamroq, 155 kmdan keyin quvvatlanişi kerak böladi.
Modellarga uç fazali elektr dvigatel örnatilgan bölib, orqa ğildiraklar yordamida maşinani harakatga keltiradi. Motor kuçi 81 ot kuçiga ega. ForTwo 11,5 soniyada yuzga çiqsa, ForTwo cabrio — 11,8 soniyada şu körsatkiçga yetadi, ForFour modelining bu boradagi natijasi —12,7 soniyadir. Barçasining tezligi soatiga 130 km bilan çegaralangan.

Elektrli «Smart»lar 17,6 kVt-soatlik litiy ion batareyadan quvvat oladi. Ularni ikki yarim soat mobaynida töliq quvvatlaş mumkin. 2017 yilda ularga 45 daqiqada quvvatlanadigan yangi akkumulyator örnatilişi aytilmoqda.
Ular, şuningdek, boşqarişda yordam beruvçi ECO elektronikasi bilan jihozlangan. U, ba'zi sozlamalar vositasida elektr quvvatini tejaş imkonini beradi. Bundan taşqari, elektrli «Smart»lar rekuperlaş tizimiga ham ega.
Bulardan taşqari, iqlim sozlamalari kabilarni mobil ilovada ham boşqariş mumkin. Uning interer va ekstereriga Brabus kompaniyasining ayrim mahsulotlari bilan jilo beriladi.

«Smart» elektromobillarining savdosi 2017 yilda boşlanişi rejalaştirilgan. Uning eng arzoni 21 ming 940 yevro, qimmati 25 ming 200 yevroga baholanmoqda.





















