Suriya armiyasi Halabning jangarilar tomondan egallangan hududlariga tez orada yangi hujumlarni boşlaşini e'lon qildi.
Suriya hukumat kuçlari vakillari fuqarolarni muxolifat otryadlari egallab turgan hududlardan uzoqroq bölişga çaqirdi. Bu haqda Nyu-Yorkda Rossiya va AQŞ iştirokida Suriyada tinçlikni tiklaş böyiça favqulodda muzokaralar boşlangan bir vaqtda ma'lum qilindi.
Suriya armiyasi vakillari bu pozitsiyalarga qanday xavf solinyotgani: bu havodan beriladigan zarbalar yoki quruqlikdagi hujumlar bölişi haqida heç narsa aytişmagan.
Ötgan tun Halabning jangarilar tomonidan uşlab turilgan hududlari oxirgi oylardagi eng köp sonli havo bombardimonlariga uçradi.
Qurolli töqnaşuvlar şuningdek jangarilar hukumat qöşinlari qurşovini yorib ötmoqçi bölgan Halabning janubiy qismida ham yuz bergan.

















