Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik Kodeksiga, Yöl harakati qoidalariga muvofiq ravişda jihozlanmagan transport vositalarini boşqarganlik uçun jazolarni tayinlaşni kengaytiruvçi töldirişlar kiritildi. Mazkur tuzatişlar töğrisidagi qonunni 2016 yil 23 sentabr kuni Prezident vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev imzolagan. U, 24 sentabrdan kuçga kiradi, deya xabar qilingan Xalq sözi gazetasida. 

Kodeksning yangilangan 125-moddasiga muvofiq, öt öçirgiç, tibbiyot qutisi, favqulodda töxtaş belgisi, yoruğlik qaytaruvçi nimça va qonunda belgilangan tartibda şişani sindiriş uçun bolğaça bilan jihozlanmagan transport vositasini boşqariş – haydovçiga eng kam oylik iş haqining yarim baravarida jarima solişga asos böladi. (1 oktabrdan 74887,5 sömni taşkil etadi).

Bundan taşqari, mototsiklni boşqariş qoidalariga rioya qilmay, maxsus boş kiyimisiz mototsikl boşqariş – eng kam oylik iş haqining beşdan bir qismi miqdorida (1 oktabrdan — 29955 söm) jarima solişga asos böladi. Bu qoida moped haydovçilarga ham tegişli ekani qayd etilgan.