FQB direktori Jyeyms Komining sözlariga köra, AQŞ prezidentligi uçun Demokratik partiya nomzodi Hillari Klinton davlat kotibi bölib işlagan vaqtlarda maxfiy ma'lumotlarga nisbatan "ehtiyotsizlikka yöl qöygan", deb xabar qilmoqda ABC telekanali.

AQŞ Federal qidiruv byurosi "poçta işi" böyiça 189 sahifani oşkor qildi. Unga köra, Hillari Klintonning Rossiyaga safarlaridan birida, uning yordamçisi qoidalarga zid ravişda maxfiy ma'lumotlar bitilgan hujjatlarni Klintonning mehmonxonasiga olib keladi. Şundan söng, Klinton va uning yordamçisi xonani tark etgaç, diplomatik qöriqlaş xizmati xodimlari davlat siriga oid hujjat qolib ketganini aniqlaşadi.

Eslatib ötamiz, sobiq davlat kotibi xizmatdalik vaqtida xususiy poçta serveridan foydalanganlikda ayblanadi. Bu nazariy jihatdan xizmat yozişmalarini jamoatçilikdan yaşirgan bölsa-da, aslida maxfiy ma'lumotlarning öğirlanişiga imkon berar edi.