23-24 sentabr kunlari Yevropada milliy çempionat öyinlari davom ettiriladi. Futbol muxlislarini bir qator qiziqarli öyinlar kutmoqda.
APL. “Mançester Yunayted” – “Lester” (Şanba, 24 sentabr. “Matç TV”, “Matç!”, “Futbol 1”. 16:30)

APL 6-turining markaziy uçraşuvlaridan biri Mançester şahrida bölib ötadi. “Mançester Yunayted” amaldagi çempion “Lester”ni qabul qiladi. Avgust oyida bu jamoalar Angliya Superkubogida özaro töqnaş kelişgan edi. Öşanda “mankunianliklar” 2:1 hisobida ğalaba qozonib, kubokni Mançester şahriga olib ketgandi. Endilikda ular çempionatda özaro töqnaş keladi. Joze Mourino şogirdlari APLning ortda qolgan ikkita öyinida mağlubiyatga uçragan edi. “Lester” esa avvalgi turda uyda “Bernli” ustidan 3:0 hisobida ğalaba qozondi. “MYu” oxirgi turdagi omadsizliklardan söng tanqidlar ostida qoldi. Bugungi öyinda Joze Mourino jamoasi avvalgi turdagi mağlubiyatlar şunçaki tasodif bölganligini amalda isbotlaşi talab qilinadi. “Lester” esa asta-sekin öz öyinlarini namoyiş qila boşlamoqda.
RFPL. “TsSKA” – “Krasnodar” (Şanba, 24 sentabr. “Matç TV”, “Naş futbol”. 19:00)

Boş murabbiysiz qolgan “Krasnodar” oxirgi uçta öyinda faqat ğalaba qozondi. TsSKA esa çempionatni yaxşi boşlagan va hozirda 2-örinda bormoqda. Biroq klub Rossiya Kubogidan çiqib ketdi. Endilikda moskvaliklar bor e'tiborlarini çempionatga qaratişlari tabiiy. Umuman olganda, bir-biriga munosib raqiblar töqnaşadi. Çunki ular şu kunga qadar çempionatda 12 bor özaro bahs yuritgan. Ulardan beştasida moskvaliklar ğalaba qozongan bölsa, törtta bahsda “Krasnodar” ustunlik qilgan. Uçta öyinda tomonlar murosa köçasini tanlaşgan.
APL. “Arsenal” – “Çelsi” (Şanba, 24 sentabr. “Matç TV”, “Matç!”, “Futbol 1”. 21:30)

London derbisining navbatdagi töqnaşuvi. “Arsenal” doimiy raqibi bölgan “Çelsi”ga qarşi bahs yuritadi. Ikki jamoa ayni paytda turnir jadvalida yonma-yon turibdi. Antonio Konte “Çelsi”ni qabul qilganidan söng jamoa tubdan özgardi. Töğri, “aristokratlar” avvalgi turda “Liverpul”ga imkoniyatni boy bergan bölişiga qaramay, çempionatni yaxşi boşlagan. “Arsenal” ham turdan-turga natijalarini yaxşilamoqda. Ikki jamoaning öyinlar statistikasiga nazar solsak, ustunlik “Arsenal”da ekanligini köriş mumkin. “Töpçilar” 72 bor “Çelsi”ni mağlub qilgan. “Çelsi” esa azaliy raqibidan 61 öyinda ustun kelgan.



















