Texas senatori Ted Kruz AQŞ prezidentligi saylovida Respublikaçilar partiyasidan nomzod Donald Trampga ovoz berişini ma'lum qildi. U bu haqda “feysbuk”dagi öz sahifasida ma'lum qilgan.
«Uzoq muddat çuqur öylovlar, ibodatlar va vijdonim bilan suhbatlarda şu qarorga keldimki, saylov kunida Respublikaçilardan nomzod Donald Trampga ovoz beraman», — deb yozadi u.
Kruz öz qarorini ikki sabab bilan izohlaydi. Uning ta'kidlaşiça, bir yil muqaddam Trampni qöllab-quvvatlaşga va'da bergan, ikkinçidan, u Hillari Klinton nomzodini munosib deb hisoblamaydi.












