Pavel Durovning Telegram messenjerida surat va videolarga niqoblar, stikerlar va matn qöşiş funksiyasi paydo böldi. Bu haqida loyihaning rasmiy blogida ma'lum qilindi.
Foydalanuvçi suratni yuklayotganda taklif qilinadigan röyxatdan istagan niqobini tanlaşi mumkin böladi. Servis xodimlarining ma'lum qilişiça, Telegram niqob qöyilişi kerak bölgan yuz qismini avtomatik tarzda aniqlaydi.

Suratga öz kolleksiyangizdagi stikerlarni qöşişingiz mumkin böladi. Şuningdek @stickers boti yordamida öz niqoblaringizni yuklaş imkoni ham mavjud - buning uçun unga "/newmasks" buyruğini beriş zarur.

Messenjerning iOS-versiyasida matnni formatlaş funksiyasi paydo böldi.

Bundan taşqari, Telegram'da yana bir yangi funksiya paydo böldi - yozilgan videoroliklardan GIF-animatsiyalar yaratiş: foydalanuvçi video olişi, undagi tovuşni öçirib qöyişi va uni GIF-fayl sifatida yuklaşi mumkin.
Şuningdek messenjerda maşhur stikerlar paneli paydo böldi, ularni közdan keçirib, xohlagan yozişmangizda qöllaşingiz mumkin.


















