Avval xabar qilinganidek, Nyu Yorkda BMT Boş Assambleyasining 71-sessiyasi öz işini davom ettirayapti. Uning 23-sentabrdagi majlisida Özbekiston delegatsiyasi rahbari, taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov ma'ruza qildi. U jahon hamjamiyati e'tiborini Toşkent nuqtai-nazaridan muhim bölgan xalqaro va mintaqaviy muammolarga qaratdi.
Jumladan, Abdulaziz Komilovning ma'lum qilişiça, Özbekiston BMTning barça tizimlarini mustahkamlaş, tuzilmalarining mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik muammolarini hal etiş hamda barqaror taraqqiyotni ta'minlaşdagi rolini kuçaytiriş tarafdoridir.
“Özbekiston bundan avval ham bir neça marotaba BMT institutini isloh qiliş ğoyasini qöllab-quvvatlaşini bildirgan. Bu, öz navbatida, uning asosiy organlari – Boş Assambleya va Xavfsizlik kengaşining özaro hamkorligi va samaradorligini oşirişga xizmat qilişi kerak. Ammo, Boş Assambleya maslahat, direktiv va vakillik organi sifatida markaziy örnini saqlab qolişi darkor. Xavfsizlik kengaşi, uning tarkibi kengaytirilişi, xususan doimiy a'zolar soni köpaytirilişi hisobiga bosqiçma-bosqiç isloh qilinişi kerak”, - degan Özbekiston taşqi işlar vaziri.

















