“Özbekiston Respublikasining fuqaroligi töğrisida”gi Qonuniga kiritilgan özgartiş va qöşimçalarda respublika fuqaroligidan mahrum böliş hollariga oydinlik kiritildi. Şu haqdagi qonunni Özbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev imzolagan. 

Unga muvofiq, Özbekiston fuqarosi:
-  çet davlatda harbiy xizmat, xavfsizlik xizmati, politsiya, adliya idoralari yoki davlat hokimiyati va boşqaruvining boşqa idoralariga işga kirsa; 
-  çet elda uç yil içida uzrsiz Özbekiston konsulligi hisobida turmasa; 
-  Özbekiston fuqaroligini soxta hujjatlar yoki yolğon ma'lumotlar asosida olgan bölsa;
-  çet davlat foydasini közlaş, tinçlik va xavfsizlikka qarşi jinoyatlar sodir etiş orqali jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazsa;
-  xorijiy davlat fuqaroligini olsa, (bunda, u 1 oy muddat içida Özbekiston IIV idoralari yoki xorijdagi konsulligiga fuqaroligini özgartirganini ma'lum qilişi şart) Özbekiston respublikasi fuqaroligidan mahrum etiladi.  

Şu bilan birga, Fuqarolik töğrisidagi qonunning 26-moddasiga kiritilgan 5-qismga köra, çet el fuqarosi mazkur moddaning birinçi, ikkinçi va törtinçi qismlarida körsatilgan şaxslar tomonidan farzandlikka olinsa, öz fuqaroligidan çiqqan taqdirdagina, Özbekiston fuqaroligiga qabul qilinadi.