Quora servisi foydalanuvçilari hayot davomiyligini oşiriş va kasalliklar xavfini kamaytiriş uçun nima qiliş kerakligiga doir tadqiqot ötkazişdi. Ekspertlarning fikriça, nafaqat iste'mol qilayotgan mahsulotlar sifati va ratsionga e'tibor beriş, balki "ijtimoiy salomatlik"ka ham katta ahamiyat qaratiş lozim - döstlar bilan munosabatlarni qöllab-quvvatlaş, oilali böliş va stresslarni çetlab ötiş şular jumlasidandir. Quyida eng köp uçragan javoblarni e'tiboringizga havola qilamiz. 

1. Kaloriyalar iste'molini çeklang

Aleks Çan ismli foydalanuvçi ratsionda imkon qadar yormalarni dukkaklilar va sabzavotlarga almaştirişni tavsiya qiladi. Qadoqlangan şarbatlarni içiş maqsadga muvofiq emasligi ta'kidlandi, zero ularda qand miqdori haddan ziyod. Şuningdek u past glikemik indeksli mahsulotlarni iste'mol qilişni maslahat beradi, ularga suli yormasi, brokkoli, olmalar, ismaloq kiradi. Bundan taşqari, köproq suv içişni unutmaslik kerak, çunki u kaloriyalarni kamaytiradi. 

"Eng foydali mahsulotlar - yonğoqlar, dukkaklilar, sabzavotlar, avokado, zaytun yoği va pomidor. Mevalarni me'yorida iste'mol qilgan ma'qul, çunki ularning tarkibidagi fruktoza yoğga aylanişi mumkin"
— Aleks Çen

2. Şakardan voz keçing

Çen şakar bilan bir qatorda gazlangan içimliklar, qayta işlangan göşt mahsulotlari (kolbasa, sosiska), yuqori glikemik indeksli yormalardan ham voz keçiş kerakligini ta'kidladi. 

3. Töyintirilgan yoğlar iste'molini kamaytiring

"Iste'mol qilinayotgan yoğning umumiy miqdori kasalliklarga boğliq emas", - deb yozadi tibbiyot xodimi Lu Devis. "Bu yerda yoğning turi ahamiyatliroq: "yomon" yoğlar töyintirilgan va trans-yoğlar - aynan şular ba'zi kasalliklar xavfini oşiradi. "Yaxşi" yoğlar esa - monotöyintirilgan va yarimtöyintirilgan yoğlar - ular kasallik xavfini kamaytiradi".

"Töyintirilgan - bu hayvon yoği, töyintirilmagan esa - ösimlik yoği. Har kuni bir bölsa ham omega-3 yoğ kislotasi manbai - qizil baliq yoki yonğoqlarni iste'mol qiliş kerak", - deb yozadi Devis. Bundan taşqari, göşt va sut iste'molini kamaytiring. Mol göşti, qöy göşti, sariyoğ - bular töyintirilgan yoğ manbalari. Sut xarid qilayotganingizda undagi yoğ miqdoriga ahamiyat bering va kam miqdorlisini oling, pişloqni ham hadeb yeyiş tavsiya etilmaydi".

4. Tsellyulozani köproq iste'mol qiling