Buyuk Britaniya Taşqi işlar vaziri Boris Jonson Rossiyani Suriyadagi uruşni çözişda aybladi. Bu haqda u BBC telekanali muxbiri Endryu Marraning siyosiy körsatuvi vaqtida Halabdagi insonparvarlik karvoniga uyuştirilgan hujum böyiça savolga javob bera turib aytib ötgan.

«Rossiya bu yanada dahşatli tus olib, sekinlik bilan davom etişida aybdor", degan u.

Buyuk Britaniya TIV rahbari Halabda insonparvarlik yordamlari ortilga konvoylarga qilingan hujumni "harbiy jinoyat" sifatida baholagan.

"Biz şuni anglaşimiz kerakki, bu ongli ravişda tinç aholi vakillariga nisbatan qilingan hujum edi", degan vazir.

BMTning insonparvarlik yordamlari ortilgan konvoy 20 sentabr kuni keçqurun Halab hududida hujumga uçradi. Hujum oqibatida 12 xodim halok böldi. Ular BMT yuk maşinalari haydovçilari va boşqa xodimlar edi.

AQŞ uşbu hujumga Rossiya aviatsiyasi ham aloqadorligini iddao etdi. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov buni inkor etdi va bu borada sinçkovlik bilan tekşiruvlar olib borişga çaqirdi.

22 sentabr kuni Rossiya Mudofaa vazirligi uşbu hujumda AQŞning Injirlikdagi bazadan uçib çiqqan droni ham iştirok etgani haqidagi ma'lumotni tarqatdi.