Yurgen Klopp boşçiligidagi «Liverpul» jamoasi APLning 6-turida uyda «Xall Siti»ni qabul qildi.

Uçraşuvda Jyeyms Milner penaltidan ikkita gol kiritdi. Maydon egalari safida şuningdek Lallana, Mane hamda Koutinolar gollarga mualliflik qilişdi. «Xall Siti»dan yagona golni Meyler kiritdi. Aytiş kerakki, mehmonlar futbolçisi 29-daqiqada qizil kartoçka olib maydonni tark etdi. Natijada, «Liverpul» öyinda bir kişi köp bölib harakat qildi hamda APLning ketma-ket uçinçi öyinida ham ğalaba naşidasini surdi.

Angliya çempionati
6-tur

"Liverpul" – "Xall" 5:1 (3:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 17 Lallana, 2:0 – 30, penalti Milner, 3:0 – 36 Mane, 3:1 – 51 Meyler, 4:1 – 52 Koutino, 5:1 – 71, penalti Milner.
"Liverpul" – Karius, Matip, Klavan, Klayn, Koutino (Gruyiç, 74), Lallana (Starrij, 69), Firmino, Veynaldum, Mane, Xenderson (Jan, 74), Milner.
"Xall" – Marşall, Al-Muxammadi, Devis, Robertson, Meyson (Xenriksen, 73), Klukas, Xaddlstoun (Maguayr, 46), Livermor, Snodgrass, Ernandes, Diomande (Meyler, 33).
Ogohlantirişlar: Xaddlstoun (7), Milner (19), Meyson (37).
Çetlatiş: Al-Muxammadi (29).

Manba: Tribuna.Uz