Özbekiston Prezidenti majburiyatlarini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyevning 21 sentabrdagi qarorlari bilan adliya vazirining yangi birinçi örinbosari va ikki örinbosari tayinlandi, deb ma'lum qilindi Adliya vazirligi saytida.
Vazirning birinçi örinbosari etib Ruslanbek Davletov, örinbosarlari etib esa Nodirjon Jörayev va Hamdam Qarşiyev (Sud qarorlarini ijro etiş, sudlar faoliyatini moddiy-texnik jihatdan va moliyaviy ta'minlaş departamenti direktori) tayinlandi.
Davletov Ruslanbek Quroltayyeviç bungaça (2014—2016 yillar) Özbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Oliy Majlis, siyosiy va jamoat taşkilotlari bilan hamkorlik qiliş xizmati Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunçilik palatasi tuzilmalari bilan faoliyatni muvofiqlaştiriş şö'basining mudiri bölib işlagan.
Jörayev Nodirjon Savriddinoviçning oxirgi iş joyi (2014—2016 yillar) Oliy sud huzuridagi Sud qonunçiligini demokratlaştiriş va liberallaştiriş hamda sud tizimi mustaqilligini ta'minlaş böyiça tadqiqot markazida direktor lavozimida bölgan.
Qarşiyev Hamdam Aliquloviç bungaça (2013—2016 yillar) Qaşqadaryo viloyati içki işlar boşqarmasi boşliği örinbosari – tergov boşqarmasi boşliği bölib işlagan.

















