Özbekistonda tadbirkorlik bilan şuğullanuvçi şaxslar 2 yönalişdagi muammolarga duç kelyapti: tadbirkorlik uçun yer ajratiş va bank muassasalaridan kredit oliş masalasi. Bu haqda Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Kun.uz'ga bergan intervyusida aytib ötgan.
Video: Tasi-IX
Video: You Tube
«Iqtisodiy sohadagi qonunçilik tahlili bizning katta yönalişlarimizdan biri. Bu yilning özida litsenziyalar turi va sonini tubdan qisqartiriş Prezident qarori qabul qilingan. Adliya vazirligi buning ijroçisi edi», - deb söz boşlagan vazir.
Davletovga köra, yer ajratiş va bank resurslari, kreditlarga bölgan talabning yuqori ekanligi, sohada katta muammolarga sabab bölmoqda.
«Hamma aytadi: «Mening ğoyam - eng yaxşisi. Şu ğoyamni amalga oşirişim kerak, uning uçun menga yer berilişi kerak», deydi. Bu sohadagi qonunçilikda ham özgarişlar böldi. Yerlar endi e-ijro orqali sotiladi», - deydi u.
Prezidentning qaroriga köra, yer ajratib beriş masalasida viloyat hokimlariga eksklyuziv huquq va vakolat berilgan. Ya'ni, eksperiment asosida hududlarni qisqa fursatda rivojlantiriş uçun hokim belgilangan tartibda böş yerlarni tadbirkorga berişi mumkin. Biroq, bu vakolat korrupsiyaga olib keladimi?

Vazir Ruslanbek Davletovga köra, yer ajratib beriş tartibi va uning mexanizmlari kuçli nazorat ostida olib boriladi. Bu işda Prezident Administratsiyasidan ham mas'ul şaxslar tayinlangan.
Şunga qaramay, 2018 yil davomida Samarqand viloyat hokimi, Yunusobod tuman hokimi va boşqa ayrim mutasaddi rahbarlar aynan yer ajratib beriş işida amalga oşirilgan korrupsiyaga aloqadorlikda ayblangandi.

















