Özbekiston Respublikasi Adliya vaziri avj olgan qoğozbozlik, ayniqsa turli darajada ma'lumotnoma söraşni kamaytiriş haqida Kun.uz'ga öz fikrini bildirdi. 

«Nimaga ayrim jarayonlarda u yoki bu hujjatlar kerak bölyapti? Nega 3ta rasm emas, 2ta rasm topşiriladi, nimaga ariza yoziş kerak, nega qandaydir ma'lumotnomalar olib keliş kerak? Mahalla heç qaçon berilayotgan ma'lumotnoma uçun mas'ul bölolmaydi. U bilmaydi, rostdan ham yaşayaptimi yoki yöq. Buni davlat mutasaddi organlari biladi. Şuning uçun, mana şu tartib bekor qilindi»​, - deydi Ruslanbek Davletov. 

Video: Tasi-IX

Video: You Tube

Vazirga köra, har bir fuqaro «qadam»ini yengil bosişi kerak. Odamlar öz hayotida davlatni minimal darajada his etişi kerak.

«Ular öz oilasi bilan bölişi kerak, quvonçlari bilan yaşaşi lozim. Hayot şunday ötsinki, davlat bilan munosabat qilganda sezilmasin», - deydi Davletov.

Adliya vaziri taqdim etilayotgan barça davlat xizmatlarini elektron şaklga ötkazişga tayyorligini, ammo bu xizmatlar öz örnida aholiga yetib bormasligi mumkinligini bildirdi.

«Çunki, 50 foizdan köp aholimiz qişloq joylarda yaşaydi. Şuning uçun, biz, albatta, bugungi şaroitni, bugungi Özbekistondagi mavjud imkoniyatdan kelib çiqib, özgarişlarni qilamiz», - deya qöşimça qiladi vazir.

Eslatib ötamiz, 2018 yil 15 oktyabrdan davlat xizmatlari körsatilişida fuqarolarning özini özi boşqariş organlari tomonidan taqdim etiladigan quyidagi hujjatlarni talab qiliş bekor qilindi:

  • şaxsning yaşaş joyi böyiça (propiska qilinganligi) yaşayotganligini;
  • şaxsning işsizligini;
  • bolani, yolğiz şaxslarni, pensionerlarni va nogironlarni parvariş qilganligini tasdiqlovçi hujjatlar;