Osiyo olimpiya kengaşi okeaniyalik sportçilarning 2017 yili Yaponiyaning Sappora şahri mezbonlik qiladigan Osiyo öyinlarida iştirok etişiga ruxsat berdi. Bu haqda Associated Press xabar qilgan.
Bu qaror taşkilotning Vetnamning Danange şahrida ötkazilgan boş assambleyasi çoğida qabul qilingan. Lekin qayd etilişiça, okeaniyalik atletlarning natijalari rasman hisoblanmaydi va ular medallar uçun kuraşmaydi.
"Ular mehmon sifatida öz bayroqlari ostida iştirok etişadi. Ammo ularning natijalari bayonnomalarga kiritilmaydi", degan OOK prezidenti Ahmad al-Fahad al-Saboh.
Okeaniya vakillarini taklif etiş ğoyasi Avstraliya olimpiya qömitasi prezidenti Jon Kouts tomonidan bildirilgandi. U bu orqali mintaqadagi sportçilar örtasidagi raqobatni kuçaytiriş mumkinligini ta'kidlagan.
Sapporodagi qişki Osiyo öyinlari 2017 yilning 19-26 fevral kunlari davomida bölib ötadi.

















