Salesforce dasturiy ta'minot işlab çiqaruvçisi va Twitter'ni xarid qilişga da'vogarlik qiluvçi boşqa kompaniyalar şartnoma uçun 16 milliard dollar berişga tayyor. Bu haqida Bloomberg ma'lum qildi. 

Biroq agentlikning ta'kidlaşiça, xaridorlar mikrobloglarning servis ma'lumotlaridan taşqari kompaniyaning ma'muriy muammolarini ham öz zimmasiga olişiga töğri keladi. 

Manbada keltirilişiça, hozirça Twitter rahbariyati servisni xarid qiliş haqida rasmiy taklif olmagan, lekin kompaniya salohiyatli xaridorlar haqida ma'lumot oliş maqsadida Goldman Sachs and Allen & Co.ga sörov yöllagan.

Ta'kidlanişiça, Twitter rahabri Jyek Dorsi servisni sotişga qiziqiş bidirmagan. Şartnoma uning mikrobloglar servisi rahbari lavozimini tark etişiga sabab bölib xizmat qilişi mumkin. Sönggi 6 yil içida mahsulot işlab çiqaruvçilar jamoasida rahbarlik lavozimida kamida beş marta özgariş kuzatildi.