Savollar.islom.uz savol-javoblar saytidagi bir murojaat diqqatimizni tortdi. Unda portal foydalanuvçilaridan biri şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Alloh rahmatiga olsin) hazratlariga quyidagi savolni yöllagan:
“Assalomu alaykum şayx hazratlari. Uşbu hadislarni tuşuntirib bersangiz:
“Bir kişi u otasi emasligini bilib turib çaqirsa, u bizdan emas, u dözaxdan öziga joy tayyorlasin”.
Buxoriy,Muslim rivoyati.
“Otasidan boşqani ota deb çaqirsa, unga Allohning la'nati bölsin va fariştalarning va hamma insonlarning, undan qiyomat kunigaça nafli ham, farzi ham qabul bölmaydi”.
Bu hadisga asosan ayrim odamlar qaynotani ham “ota” deb bölmaydi, deb fatvo çiqarişibdi. Bu fatvo töğrimi?”
Jamiyat içra keng tarqalgan, şu bilan birga, urf-odatlarning ajralmas qismiga aylangan, Özbekistonning barça hududlarida uçraydigan bu holatga şayx
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tomonidan quyidagiça javob qaytarilgan:
“Siz uşbu savolingiz ila jamiyatimizdagi özi köpçilikka sezilmas, ammo öta dahşatli muammoni kötargansiz. Buning uçun alohida taşakkur.
Endi mazkur muammo haqida bir-ikki oğiz söz aytib ötişimiz kerak böladi. Bu muammo diniy ilmlardan, arab tilidan bexabar odamlarning kitob yozişi, tarjima qiliş va şunga öxşaş işlaridan iboratdir. Ba'zi bir hadislarning tarjimasi tufayli harom narsa halolga aylanib qolgani ham aççiq haqiqat. Misol uçun, “Sahih Buxoriy”ning tarjimasida kaltakesak halol degan tarzda hadis tarjima qilingan. Tarjimon “Zobb” degan hayvonni kaltakesak deb öylagan va şunday tarjima qilgan. Zobb halol, ammo kaltakesak haromligi sal diniy ilmi bor odam uçun sir emas.
Bunga öxşaş holatlar boşqa tarjimalarda ham köp uçrab turadi.
Agar tarjima töğri bölsa ham, quruq tarjimaning özi odamlarning boşini aylantiradi, turli çalkaşliklarga olib boradi va ixtiloflar hamda uruş-janjallar kelib çiqişiga sabab böladi. Buni barça ulamolar qayta-qayta ta'kidlaganlar va ta'kidlamoqdalar.
Siz kötargan masalaga kelsak, aftidan hadis matnini tarjimadan köçirganga öxşaysiz. Qaysi imomlar rivoyati ekanini yozganingiz ham şunga dalolat. Haqiqatda, mazkur ikki uluğ imom şu ma'nodagi hadisga öxşaş hadisni rivoyat qilişgan. Ammo tarjima ma'noni qöpol tarzda buzgan.












