AQŞning Xyuston şahridagi otişmada kamida olti kişi yaralandi, deb xabar bermoqda KTRK.
Ma'lum qilinişiça, politsiya şahar janubi-ğarbidagi supermarket yonida turgan avtomobilda otişma uyuştirgan merganni öldirgan.
Xyuston şahri yonğin xavfsizligidagilarning ma'lum qilişlariça, yaralangan olti nafar kişi yaqin oradagi şifoxonaga olib ketilgan.
Politsiyaning xabar berişiça, tergov işlari vaqtida yaqin köçalardagi harakatlar töxtatilgan. Matbuot xizmati ma'lumotiga köra esa şubhali avtomobilni tekşiriş uçun sapyorlar guruhi çaqirilgan.
Xabarlarga köra, öt oçgan şaxs afroamerikalik bölib, revolver bilan qurollangan. Politsiyaning tasdiqlaşiça, jinoyat sabablari aniq emas.











