Butunjahon soğliqni saqlaş taşkiloti ötkazgan tajriba natijasida sayyoramizning 92 foiz aholisi ifloslangan havodan nafas olişi ma'lum böldi.

«Havoning ifloslanişi iqtisodiyot holati va insonlar turmuş sifatiga ta'sir körsatgan holda tahdidli körinişda ösib bormoqda. Bu soğliqni saqlaş uçun favqulodda holat», — deyiladi BSST ma'ruzasida.

Nafaqat Xitoy va Hindistonda, balki köplab Yevropa mamlakatlarida havoning tarkibida zararli zarraçalarning mavjudligi BSST standartlariga töğri kelmaydi.

Taşkilot ma'lumotiga muvofiq, Yer aholisining 80 foizidan köp qismi haddan ziyod ifloslangan hududlarda istiqomat qiladi. Bu esa BSSTda muqobil holat çegarasidan çiqiş hisoblanadi.