«Chelsi»ni jiddiy o‘zgartirishlar kutayotgan bo‘lishi mumkin
«Chelsi» jamoasi xo‘jayini Roman Abramovich qishki transferlar darichasi vaqtida jamoa tarkibida jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirishni mo‘ljallagan.
The Telegraph xabariga ko‘ra, Abramovich jamoaning o‘yinlardagi natijalaridan norozi bo‘lmoqda va tarkibni kuchaytirishni istamoqda. Buning uchun esa avvalo tarkibdagi yoshi o‘tgan futbolchilardan xalos bo‘lmoqchi.
Gap birinchi navbatda serbiyalik himoyachi Branislav Ivanovich haqida boradi, uning shartnomasi 2017 yilning yozigacha.
Shuningdek, yarim himoyachilar Oskar va Nemanya Matichning tarkibda qolishi gumon ostida. Ispaniyalik tajribali xavbek Sesk Fabregas ham "sotuvga qo‘yilishi mumkin".
Jamoa qishki transferlar chog‘ida markaziy himoyachi va hujumchi sotib olishi kutilmoqda.
«Chelsi» APLning 6 turidan keyin 10 ochko bilan sakkizinchi o‘rinda joylashib turibdi.
Manba: Tribuna.uz
Mavzuga oid
22:05 / 31.01.2023
Abramovich «Chelsi»sini sotishdan tushgan pullar Ukrainaga beriladi
20:24 / 13.09.2016
Roman Abramovich o‘zining hashamatli superkarlar kolleksiyasini namoyish qildi
17:33 / 30.08.2016
Isko va Xames yozgi transferlar yakuniga qadar APLda paydo bo‘lishi mumkin
21:08 / 04.05.2016